QO‘RIQLASH SOHASINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QAROR MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
Joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik M.G‘aniyev huzurida, barcha hududiy Qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari ishtirokida videoselektor tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-4997-sonli Qarori mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi.
Mazkur Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyatida tub islohotlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilganligi, bu borada bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. Jumladan, unda Qo‘riqlash bosh boshqarmasining yangi tashkiliy tuzilmasi va nizomi tasdiqlanganligi, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, xodimlarni xizmat o‘tashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni kasbiy mahorat va bilimlarini oshirish hamda xodimlar, ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy himoyasi borasida bir qator vazifalar belgilanganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, 2021-2022 yillar davomida bosqichma-bosqich idoradan tashqari harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalari faoliyatini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, ayrim turdagi obyektlarni qo‘riqlash funksiyalarini harbiylashtirilgan soqchilar zimmasiga yuklash hamda ularni o‘qitish va maxsus vositalar bilan taʼminlash choralari ko‘riladi.
Yig‘ilishda, amalga oshiriladigan islohotlar natijasida biron bir shahodatlangan xodim shtatlar qisqarishi sababli ishsiz qolib ketmasligi, aksincha shahodatlangan xodimlarni ahamiyati jihatidan muhim hisoblangan obyektlarni qo‘riqlashga jalb etilishi alohida taʼkidlab o‘tildi.
Qolaversa, ushbu islohotlardan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad birinchi navbatda xodimlarni, ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari-ni yana-da takomillashtirish hamda ular tomonidan xizmat olib borishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Shu bilan birga, kelgusida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashda asosiy eʼtibor, sohaga zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalarini keng joriy etishga qaratilishi hamda qo‘riqlash bo‘linmalari moddiy taʼmino-tini takomillashtirish, ularni zamonaviy qurol, texnika, maxsus vositalar va texnik qo‘riqlash qurilmalari bilan jihozlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan maʼlumotlar yetkazildi.
Umuman olganda, mazkur qarorda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash xizmati si-fatini yana-da oshirish, obyekt va xonadonlarni ishonchli qo‘riqlovini taʼmin-lash, qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilarini moddiy taʼminoti takomillashtirishga qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin.