Bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs voqea joyida ushlandi
Joriy yilning 5noyabr kuni soat 1:26 da Navoiy shahridagi “Qo‘riqlash” bo‘limiga ATB "Agro bank" Navoiy viloyati filialiga qarashli bankomatdan tashvish xabari kelib tushgan.
“Qo‘riqlash” bo‘limining tezkor harakatlanuvchi guruhi darhol voqea joyiga yetib kelganda, nomaʼlum shaxs bankomatni buzmoqchi bo‘layotganligi aniqlangan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzar 1997 y.t T.A ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari viloyat Ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.