Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari masʼul xodimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimiz aholisining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, sportni yana-da ommalashtirish chora tadbirlari bo‘yicha Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari masʼul xodimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqildi

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 avgust kunidagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va Poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” gi va “Surxondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya hamda hamkor vazirliklar, shuningdek joylardagi viloyat, shahar hamda tuman hokimliklari hamkorligida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Shu borada, joriy yilning 9 noyabr kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari mutasaddi rahbarlari shuningdek, masʼul federatsiyalar vakillari ishtirokidagi navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv davomida yuqorida qayd etilgan qarorlar ijrosi yuzasidan hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqildi va “Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida har yili ot sporti turlari bo‘yicha turnirlarni o‘tkazish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror loyihasi muhokama qilindi.

Text to speech