Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiya maʼnaviyat va maʼrifat markazida bayramona tadbir o‘tkazilib, unda davlat mukofatlari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi Davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Xususan, Milliy gvardiya tizimlarida o‘z burchiga sadoqat va namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh gvardiyachilarni munosib taqdirlash va xizmat vaqtida mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan safdoshlarimizning yaqinlarini bayram bilan tabriklash maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev ishtiok etib, shaxsiy tarkibni va tizim faxriylarini “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan tabriklab samimiy tilaklarini bildirdi.
Tadbir davomida Prezidentimiz Farmoni bilan mukofotlangan 8 nafar gvardiyachilarga “Marlik” va “Do‘stlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari tantanali ravishda topshirildi.
O‘z o‘rnida davlat mukofoti bilan taqdirlangan gvardiyachilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoniga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Tadbirning badiiy qismida Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli, hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan bir guruh taniqli xonandalar tomonidan namoyish etilgan bayramona konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.