Quvurlarni qayerga va nima uchun olib ketmoqchi bo‘lishganini tergov aniqlaydi
Joriy yilning 22-mart kuni soat 18.00 atrofida Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari serjant M.Mo‘ydinov va oddiy askar S.Soipovlar tomonidan 22 dona quvur ortilgan “Labo” rusumli avtomashina Andijon davlat tibbiyot instituti kasalxonasidan chiqayotgan vaqtda to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi O.U. va uning sherigi, mazkur kasalxonaning qurilish bo‘limida ishlovchi G‘.X.lar quvurlar qayerdan va nima uchun olib ketilayotgani haqida aniq izoh bera olmadi.
Fuqarolarga tegishli hujjatlar ham yo‘q edi.
Qo‘lga olinganlar hamda yuk ortilgan mikroavtobus qonuniy chora ko‘rish uchun Andijon IIBga topshirildi.