O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o‘rtasida “Qo‘l jangi bo‘yicha” chempionat bo‘lib o‘tdi   //   Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida ot sportining polo turi boʻyicha "Milliy gvardiya kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi.   ///  Yongʻinlarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi.   /// Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlar fosh etilib, qonuniy tartibda choralar koʻrilmoqda.   /// Ma'naviyat va ma'rifat markazida "Qo'mondon o'rinbosarining tizimdagi yoshlar bilan" uchrashuvi   ///   Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kinologiya markazining ochilish marosimi hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mutaxassis Kinologlari o‘rtasida “Dog biotlon bellashuvi” musobaqasi jarayonlari / / Harbiy xizmatchilarga yangi uy - joylar topshirildi / / 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni / /  Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati  / / Navoiy viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan sertifikatga ega bo‘lmagan pirotexnika vositalari aniqlandi / / O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tadbir tashkil etildi / /    O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi - Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib rag‘batlantirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida // Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Jalgasbay Berdimuratov 87 kg vazn toifasida g‘olib bo‘ldi // 22 noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida psixologik taʼminlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan Yangi nafas umummilliy harakati doirasida “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasi yoshlarni bir maqsad sari birlashtirdi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya Harbiy xizmatchilari va xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari chog‘ida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi hamda shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi vakillari Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasining shaxsiy tarkibi va uning joylardagi bo‘linmalari ishtirokida bir qator tadbirlar o‘tkazdi.

Xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, shuningdek, ayol harbiy xizmatchilar, xodimalar va ishchi xizmatchilar, uylanmagan bo‘ydoq harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlarda qonun va intizomga rioya qilish, Milliy gvardiya qo‘mondonining buyruqlari va boshqa normativ hujjatlar mavzusida suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, oilalardagi munosabatlar, uydagi muhit, uning xodimlar psixologik holatiga, keyinchalik ularning xizmat vazifalarini bajarishiga taʼsiri masalalari ko‘tarildi. Suhbatlar ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tkazildi. Ishtirokchilar Milliy gvardiya Markaziy apparati vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi. Uchrashuvlar yakunida habiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabullar tashkil etildi. Har bir murojaat tinglandi, ularning bir qatori bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ayrimlari joyida hal qilindi.

Bundan tashqari, Nukus shahridagi 8-oilaviy poliklinika negizida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik vaqtida shifokorlar har bir oila bilan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faoliyatning ahamiyati va tanani chiniqtirish mavzusida suhbatlar o‘tkazishdi. Shifokorlar tomonidan bolalarga alohida eʼtibor qaratilib, ularga sportning foydalari va o‘sib borayotgan organizm uchun zararli odatlarning oqibatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Markaziy apparat vakillari inspektor-psixologlar bilan mashg‘ulotlarda va xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan tashkil etilgan sport tadbirlarida ishtirok etishdi.

Text to speech