Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiyaga biriktirilgan Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining harbiy-vatanparvarlik sinf o‘quvchilarining "tantanali vaʼdasi" ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 apreldagi «Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risda»gi 237-son qaroriga asosan Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan harbiy-vatanparvarlik sinflari o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 2023-2024 o‘quv mavsumida harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilingan o‘quvchilar bilan boshqarma hududida tantanali vaʼda berish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Milliy gvardiya Andijon viloyati boshqarmasi, viloyat hokimligi, harbiy prokuratura, maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, faxriylar va ota-onalar, o‘quvchi yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.