Respublika miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan "Armiya va xalq — bir tanu bir jon" shiori ostidagi “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari davom etmoqda
Hayotda ko‘pni ko‘rgan, yillar sinovida toblanib, boy amaliy tajriba to‘plagan faxriylarning o‘git va maslahatlari yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, “ustoz-shogird” anʼanasini yo‘lga qo‘yish, faxriylar va yoshlar ishtirokida uch avlod uchrashuvlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Jizzax viloyatida o‘tkazilgan "Uch avlod uchrashuvi" doirasida faxriylar kengashi raisi va aʼzolari, Yoshlar ittifoqi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustalari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirda so‘z olganlar o‘zlarining boy amaliy tajribalari va kasbiy mahoratlarini yosh avlod vakillariga so‘zlab, yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish lozimligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdilar.
Qo‘qon va Termiz viloyatlarida tashkil etilgan tadbirda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish, vatanga sadoqat, burch va jasorat ruhini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati, zakovat intellektual o‘yini, shaxmat-shashka musobaqalari tashkil etildi. Tadbir harbiy xizmatchilar va talaba yoshlar o‘rtasida musobaqa shaklida o`tkazilib, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Shuningdek harbiylar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.