Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi boshlandi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ham hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash shuningdek, muhofazasini taʼminlash ishlari tashkillashtirilmoqda.
Xususan, shu kabi ishlar Andijon viloyatida, “Bo‘taqara” MFY yer maydonida haqiqiy tabiat parvarishlandi. Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari birgalikda 1420 tup daraxt ko‘chatini o‘tkazdilar.
Ushbu tadbir nafaqat ekosistemamizni yaxshilash, balki yosh avlodga tabiatning qadrini uqitish maqsadida ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘chatlar, kelajakda barkamol yashil maydonlarni shakllantirib, Atrof-muhitimizga so‘lim ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Biz har bir daraxt ko‘chati, kelajakka yo‘l ochadigan bir umid deb bilishimiz kerak. Yashil makonlarni yana-da ko‘paytirish, tabiatni asrash barchamizning burchimizdir!