Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda
Farg‘ona viloyati Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududidagi 270 gektar maydonda “yashil belbog‘” loyihasiga start berildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat hokimi boshchiligida, sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Xususan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari ham ushbu tadbirda munosib ishtirok etib, tabiatni asrash va ekologik musaffolikni taʼminlashdek ezgu ishlarga o‘z hissalarini qo‘shdilar.