Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya, IIO va FVV xodimlari hamkorligidagi reyd tadbirlari davom etmoqda

- Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasining Qo‘qon shahrida joylashgan savdo komplekslariga jamoat tartibini saqlash xizmatiga jalb etilgan xodimlar  tomonidan joriy yilning 21 may kuni yashash xonadonidan chiqib ketib qaytib kelmagan, Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi 32 yoshli fuqaro X.Mahkamov aniqlanib, shahar IIBga belgilangan tartibda topshirildi.

- Qo‘qon shahar Istiqlol savdo kompleksida Dang‘ara tumanida yashovchi 27 yoshli M.Tojiboyeva o‘ziga tegishli bo‘lgan Samsung rusumli uyali aloqa vositasini yo‘qotib qo‘yganligi murojaati yuzasidan o‘z vaqtida olib borilgan tadbirlar natijasida uyali aloqa vositasi topilib fuqaroga topshirildi.

- Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrining bozorlari hamda istirohat bog‘larida ekologiya sohasiga doir huquqbuzarliklarni oldini olish va huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish yuzasidan kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlarini olib borishdi. O‘tkazilgan reyd tadbiri davomida bir qator shaxslarga ogohlantirishlar berildi hamda MJtKning tegishli moddalariga asosan mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Text to speech