Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublika miqyosida harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida tibbiy tayyorgarlik mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot avvalida mutaxassislar tomonidan baxtsiz hodisalarni oldini olish, jihozlanmagan suv havzalarida cho‘milishning oqibatlari, poliz, sabzavot va mevalarning ayrim turlarini isteʼmol qilish bilan bog‘liq zaharlanish holatlari, o‘tkir ichak va yuqumli kasalliklarni orttirish xavfi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik hamda ruhiy-jismoniy zo‘riqish yuzasidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklar to‘g‘risida atroflicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, jamoat tartibini saqlash faoliyatida yuqoridagi holatlar bilan bog‘liq vaziyatlar yuzaga kelganda, birinchi yordam ko‘rsatishda tezkorlikka alohida ahamiyat berish lozimligi taʼkidlandi.

Tadbirning ikkinchi qismi amaliy mashg‘ulot bo‘lib, unda ishtirokchilar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi, shu bilan birga, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

Text to speech