Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublika miqyosida oʻtkazilgan "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqalarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari faol ishtirok etishdi.

Joriy yilning 12 mart kuni Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqa Respublika yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda yengil atletika federatsiyasi kabi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Barcha ishtirokchilar qatori marafonda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. Shu bilan bir qatorda, masʼul vazirliklar hamkorligida jamoat tartibi saqlandi va fuqarolar xavfsizligi taʼminlanib, tadbirning bayramona kayfiyatda oʻtishi nazoratga olindi.
Taʼkidlash joizki bu kabi marafonlarning oʻtkazilishi fuqarolarning salomatligiga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ularni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, ayniqsa, yoshlarimizni bir maqsad sari birlashtirish, qolaversa, sportning turli koʻrinishlarida yosh isteʼdodlarni yetishtirib chiqarishga keng zamin yaratmoqda.

Text to speech