Respublikamiz boʻylab pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo’yishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 11-dekabr kuni Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbirida fuqaro E.X. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida avtomashinaning yukxonasida jami 5 dona karton quti ichida 4 xil turdagi, 88 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ularning taxminiy qiymati 30 million 800 ming so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.