RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB “MAHALLA OBODLIGI-YURT FAROVONLIGI” SHIORI OSTIDA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILMOQDA
Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar va bolalar maydonchalari tartibga keltirilmoqda.
Uyushqoqlik bilan o‘tayotgan mazkur hasharda yoshu qari ishtirok etib, ular tomonidan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.