Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiyaga biriktirilgan 56 ta umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Yosh gvardiyachi" harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi va g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi.

O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, yurtboshimiz tomonidan ushbu yo‘nalishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilib,unda aniq maqsad va istiqbolli rejalar belgilab berilgan.

Mazkur yo‘nalishda Milliy gvardiya tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan keng ko‘lamli ishlar qatori, respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiyaga biriktirilgan 56 ta umumtaʼlim maktablarining maxsus sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Yosh gvardiyachi" harbiy-sport musobaqasining, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Yoshlar ittifoqi va Milliy gvardiya hamkorligida o‘tkazib kelinayotganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilda ham mazkur musobaqa viloyatlarda yuqori saviyada tashkillashtirilib, muvaffaqiyatli o‘tgan 16 ta jamoa respublika bosqichiga yetib keldi va ushbu yil ilk marotaba Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi jamoasi ham qo‘shildi. O‘quvchilarning intellektual bilimlari, jismoniy va jangovar ko‘nikmalari bo‘yicha o‘zaro qizg‘in bellashuvlar ostida va do‘stona ruxda davom etgan ushbu musobaqa o‘z yakuniga yetdi va g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib jamoalarni tantanali taqdirlash marosimida Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, Xalq taʼlimi vazirining o‘rinbosari V.Rajabov, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi vakili va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada 3-o‘rinni egallagan Andijon viloyatining 48-maktab jamoasi, 2-o‘rinni egallagan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 18-maktab jamoasi va 1-o‘rinni egallab mutlaq g‘olib bo‘lgan Navoiy viloyatining

1-maktab jamoasi o‘quvchilariga diplom, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan o‘quvchilar va jamoa tarkibi turli nominatsiyalar bo‘yicha munosib taqdirlandilar.

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad, yoshlarni vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, o‘tkazilayotgan mazkur musobaqalar orqali ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish, qobiliyati va isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish hamda hayotga to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat.

Text to speech