Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

QO‘RIQLASH BOSH BOSHQARMASINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Milliy gvardiya Qo‘riqlash Bosh boshqarmasining zamon talablariga mos bo‘lgan yangi binosi Qo‘riqlash xizmatining 70 yilligi arafasida foydalanishga topshirildi. Bu o‘ziga xos ramziy maʼno kasb etib, Qo‘riqlash xodimlari uchun esda qolarli voqea bo‘ldi.

Mazkur tantanali marosimda Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev, qo‘mondon o‘rinbosari, polkovnik M.G‘aniyev, Belarus Respublikasi IIV Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i, militsiya general-mayori A.Shepelev, tizim faxriylari, shuningdek, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda yangi binoni qurishda ishtirok etgan pudratchi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Genеral-mayor R.Djurayev o‘zining kirish so‘zida foydalanishga topshirilayotgan ushbu yangi bino shaxsiy tarkib uchun munosib sovg‘a ekanini taʼkidlab, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va yaratilgan texnik imkoniyatlar barcha xodimlarga yana-da kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga ko‘ra, mehmonlarga va faxriylarga, shuningdek xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlarga "Namunali xizmatlari uchun" hamda "Milliy gvardiya fidoyi xodimi" ko‘krak nishonlari, shuningdek, faxriy yorliqlar topshirildi.

Shundan so‘ng, ramziy tasma kesilib, tashrif buyurgan mehmonlar yangi binoda yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, Qo‘riqlash bosh boshqarmasining yangi tashkil etilgan Axborot tahlil va monitoring markazi ishtirokchilarning eʼtiborini tortdi. Axborot tahlil va monitoring markazi katta hajmli kuzatuv ekrani bilan jihozlangan, so‘ngi rusumdagi va yetarlicha xotira quvvatiga ega bo‘lgan server qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, real vaqt rejimida qo‘riqlovdagi obyektlarga kirib-chiqishni hamda texnik qo‘riqlash vositalarining joriy holatini nazorat qilish, tezkor harakatlanuvchi guruhlar, hududiy bo‘linmalar navbatchilik qismlari faoliyatini kuzatib borish, boshqarish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan tezkor aloqa qilish tizimi bilan taʼminlangan.

Shuningdek, binoda "Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarixi muzeyi" tashkil etilgan bo‘lib, qiziqarli tarzda rasmiylashtirilgan eksponatlar, fotosuratlar, tarixiy hujjatlar mamlakatda jismoniy va texnik qo‘riqlash tarixini aks ettirib, 70 yillik zalvorli yo‘lni bosib o‘tgan Qo‘riqlash xizmati faoliyatidan hikoya qiladi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayevning O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i, militsiya general-mayori A.Shepelev boshchiligidagi delegatsiya bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro hamkorlikning tarixiy sahifalaridan o‘rin olgan ushbu uchrashuvda Qo‘riqlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari, xususan, hamkorlikda yangi texnik qo‘riqlash jihozlari, vositalari va uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, xodimlar malakasini oshirish masalalari atroflicha muhokama etildi va kelishuvlarga erishildi.

 

Text to speech