Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Yurakni madh etgan sado!” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, tizim taʼlim muassasalarining o‘quvchi-yoshlari, harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek, hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Dastlab harbiy orkestr sadolari ostida davlat madhiyasi barcha ishtirokchilar tomonidan ijro etildi.

Shundan so‘ng, tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 32 yillik bayrami bilan samimiy tilaklar bildirishdi.

O‘z o‘rnida maʼruzachilar, xususan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Maʼrifat targ‘ibotchilari jamiyati aʼzosi siyosiy fanlar doktori, professor Jo‘rayev tomonidan milliy madhiyamiz – millatni hamisha o‘z ozodlik yo‘li, ahdida sobit tutib turuvchi ruhiy quvvat manbai, shuningdek, millatni, xalqni birlashtiradigan, yuksaltiradigan yengilmas kuchga, yuksak iroda va qatʼiyat, jasorat timsoliga aylantira oladigan qo‘shiq ekanligi alohida eʼtirof etildi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ashula va raqs ansambli xonandalarining Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari ijrosi davraga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Text to speech