Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SAKSOVUL O‘SIMLIGINI NOQONUNIY KESISH BILAN SHUG‘ULLANGANLAR QO‘LGA OLINDI.

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida respublikamizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimiga rioya etilishi hamda o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat ekologiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Peshko‘ tumani cho‘l hududlarida olib borilgan hamkorlikdagi reyd tadbirlari davomida, fuqaro F.H, (Buxoro davlat Tibbiyot universiteti talabasi) o‘ziga tegishli bo‘lgan “GAZ-53” rusumli avtomashinasida noqonuniy ravishda jami 52.5 m3 bo‘lgan taxminiy bahosi 20 million so‘mga yaqin saksovul o‘simligini sindirib, kesib olib ketayotgan vaqtda, fuqaro D.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “UAZ” rusumli avtomashinada Peshko‘ tumani cho‘l hududidan jami 7.3 m3 bo‘lgan taxminiy bahosi 3 million so‘mga yaqin saksovul o‘simligini noqonuniy ravishda sindirib olib ketayotgan vaqtida, shuningdek, fuqaro B.H. o‘ziga tegishli KAMAZ rusumli avtomashinada Peshko‘ tumani cho‘l hududidan jami 89.1 m3 bo‘lgan taxminiy bahosi 34 million so‘mga yaqin saksovul o‘simligini noqonuniy ravishda sindirib, chopib olib ketayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolingan hamda tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash hamda daliliy ashyolar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Text to speech