Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SAKSOVUL O‘SIMLIGINI NOQONUNIY KESISH BILAN SHUG‘ULLANGANLAR QO‘LGA OLINDI.

Respublikamizda Milliy gvardiya, IIV hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimiga rioya etilishi hamda o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat ekologiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha reyd tadbirlari davom etmoqda.

Buxoro viloyati Peshko‘ tumani cho‘l hududlarida olib borilgan reyd tadbirlari davomida fuqarolar M.M. hamda Z.M. o‘zlariga tegishli “GAZ-53” rusumli ikkita avtomashinada har biri uch nafardan yollanma ishchi yollab, saksovul o‘simligini chopib, olib ketayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatilganda ular voqea joyidan qochishga uringan. Biroq tezkor say harakatlar natijasida Jondor tumanining Moxoncho‘l hududida qo‘lga olingan hamda tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Buxoro viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlanganda, ushbu ko‘rsatgichlar 36 000 000 (o‘ttiz olti million) so‘mni ko‘rsatmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha fuqarolar — M.M. hamda Z.M.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Text to speech