SALOMATLIK - TUMAN BOYLIK
Yurtimizda hamon koronavirus infeksiyasi batamom yo‘q bo‘lmagani bois, fuqarolarning karantin qoidalariga muntazam rioya etishlari uchun joylarda profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Navoiy shahridagi «Markaziy dehqon bozori»da Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan bozor sotuvchilariga karantin qoidalariga rioya qilishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda va saqlashda gigiyeniya talablariga rioya qilishlari yana bir bor eslatilmoqda. Salomatlikni targ‘ib qiluvchi buklet va qo‘llanmalarni namoyish qilish orqali sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi.
Bundan tashqari, Navoiy shahri va Karmana tumanidagi jamoat joylarida fuqarolarga tibbiy niqob, qo‘lqoplar hamda antiseptik vositalari tarqatildi. Fuqarolarga ijtimoiy masofa saqlashlari, jamoat joylarida to‘planmasliklari lozimligi uqtirildi.
Mazkur olib borilgan profilaktik tadbirlar fuqarolar osudaligi, aholi salomatligi va yurtimiz ravnaqiga poydevor bo‘lishi shubhasiz.