Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Samarqand shahridagi Registon maydonida umum o‘rta taʼlim maktablarida tashkil etilgan “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari o‘quvchilarining vaʼda berish qasamyodi bo‘lib o‘tdi

Oʻquvchi yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim salohiyatini hamda harbiy sohaga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Samarqand viloyatidagi maktablarda “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan harbiy vatanparvarlik sinflarini faoliyati yoʻlga quyilib kelinmoqda. Bugun erta tongdan “Registon” majmuasida umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilarining vaʼda berish qasamyodiga bagʻishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan ushbu tadbirda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbariyati, maktab maʼmuriyati, oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari va tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi.

Dastlab tadbir davlatimiz madhiyasining ijrosi bilan boshlandi, soʻngra tadbirda soʻz olgan yosh gvardiyachilarga tabriklab, ularning kelgusidagi oʻqishlariga, muvaffaqiyat va ishonch bildirishdi.

Shundan soʻng, oʻquvchi yoshlar tomonidan oʻzlarining masʼuliyatlarini anglagan holda kelajakda chuqur bilim egasi boʻlishda va vatanimizga sadoqatli hamda jamiyat uchun foydali shaxs boʻlib yetishishda bor kuch-gʻayratini safarbar etishga tantanali vaʼda berishdi.

Uchrashuv soʻngida harbiy xizmatchilarning jangovar koʻrgazmali-harbiy hamda muddatli harbiy xizmatchilarning safona chiqishlari namoyish etildi.

Text to speech