Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Samarqand shahrida sportning Triatlon turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda “Challenge Samarqand 2024” Xalqaro musobaqasida Milliy gvardiya terma jamoasi muvaffaqiyatlili ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining hamda O‘zbekiston Triatlon federatsiyasining kalendar-rejasiga asosan, 2024 yilning 6-8 sentyabr kunlari Samarqand shahrida sportning Triatlon turi bo‘yicha professional va havaskor sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati hamda “Challenge Samarqand 2024” Xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi terma jamoasi ham muvaffaqiyatlili ishtirok etdi.

Unda Jamoat xavfsizligi Universiteti ofitseri katta leytenant Alina Xakimova professional sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida shaxsiy birinchiligida sprint masofada (suzish - 750 metr, velopoyga -

20 km, yugurish – 5 km) faxrli 1-o‘rinni, “Challenge Samarqand 2024” Xalqaro musobaqasida (suzish - 1900 metr, velopoyga - 86 km, yugurish – 21.5 km) 4-o‘rinni egalladi.

Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, nazoratchisi Baxriddin Umaraliyev havaskor erkak sportchilar o‘rtasida shaxsiy birinchiligida sprint masofada faxrli 1-o‘rinni, Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, safdor xodimi Oydina Ikramova havaskor ayol sportchilar o‘rtasida shaxsiy birinchiligida sprint masofada faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Jamoaviy birinchilikda ham Milliy gvardiya terma jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, (serjant N.Kurbonov – 750 metrga suzish, safdor E.Tuleimbetov – 5 km yugurish hamda kichik serjant M.Toshtemirov – 20 km velopoyga) faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. G‘olib va sovrindor sportchilar Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan munosib rag‘batlantirildi.

 

Text to speech