Samarqanddagi "Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida triatlon va para triatlon boʻyicha “World Triathlon Cup Samarkand-2025”, “World Triathlon Para Cup Samarkand-2025” bellashuvlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etishdi.
Jahon kubogi bahslarida dunyoning 34 ta mamlakatidan 92 nafar sportchi g‘oliblik uchun bellashdi.
Ushbu nufuzli musobaqada sportchilar standart yo‘nalishda 1,5 kilometr suzish, 40 kilometr velosiped va 10 kilometr yugurish musobaqalarida kuch sinashadi. Mazkur yo'nalishda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi D.Zaysev 30-34 yosh guruhida 1-oʻrinni, Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseri A.Tursunboyev 2-oʻrinni, 25-29 yosh guruhida kursant U.Jaxongirov 1-oʻrinni, 19-24 yosh guruhida Toshkent shahridagi brigada ofitseri A.Qodirov 1-oʻrinni, kursant U.Choriyev 2-oʻrinni, F.Muhtorova 3-oʻrinni, O.Ikromova esa 2-oʻrinni egalladi.
Estafeta yoʻnalishida Milliy gvardiya terma jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseri A.Xakimova ayollar o'rtasida oʻtkazilgan elit toifasi bahslarida 1-oʻringa sazovor boʻldi.