Samarqand viloyati yoshlarni kamondan otish sportiga qiziqtirish mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Joriy yilning 4 oktyabr kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan yoshlarni kamondan otish sportiga qiziqtirish va keng jalb etish maqsadida mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Samarqand shahridagi 2 sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli “Nafis” sport majmuasiga yig‘ilgan yoshlar 3 tadan 10 martabagacha o‘q o‘zish imkoniga ega bo‘ldi.
Bu kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda kamondan otish sporti bilan muntazam shug‘ullanishiga zamin yaratmoqda.