Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SAMARQANDDA “YОSh KITOBXON HARBIY XIZMATCHI” TANLOVI O‘TKAZILDI

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon harbiy xizmatchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosini o‘rganish, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish hamda maʼnaviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yana-da yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida Markaziy harbiy okrug, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qismi harbiy xizmatchilari ishtirok etib, ular 3 ta shart asosida o‘zaro bellashishdi.

Tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish har bir harbiy qismlardan bir nafar, jami 12 nafar harbiy xizmatchiga nasib etdi.

Uch shart natijalariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash harbiy qismi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Milliy gvardiyaga qarashli Toyloq tumanida joylashgan harbiy qismning harbiy xizmatchisi faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Markaziy harbiy okrugning Nurobod tumanidagi harbiy qismning harbiysi uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech