Kuch tuzilmalarining kinologiya sohasidagi hamkorligi // "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi"da huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi // Mahallalar kesimida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasida hamkorlikdagi manzilli targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda // Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi // 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqotlar tashkillashtirildi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Yotoqxona, oshxona va xizmat koʻrsatish binolari” shuningdek, Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi “Maʼmuriy binosi”ning tantanali ochilishi Gvardiyachilarga bayramona tuhfa boʻldi // Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni boʻylab “Otlar paradi” boʻlib oʻtdi // Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

Ўз O'z Ру En

“Sanʼat g‘unchalari” damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining XXV – respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” hamda XXV “Sanʼat g‘unchalari” Respublika ko‘rik tanlovi munosabati bilan dastavval “Yangi O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalashda musiqa taʼlimining maqsad va vazifalari” mavzusida o‘tkazilayotgan V-Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda professor o‘qituvchilar, musiqashunos olimlar va musiqa yo‘nalishi mutaxassislari ishtirok etishib, sohadagi dolzarb mavzularda maʼruzalar qilishdi.

Shuni taʼkidlashimiz kerakki, Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovda ishtirokchilar o‘zbek va jahon mumtoz kompozitorlari asarlaridan tuzilgan ijro dasturlarini mahorat bilan ijro etishlari Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatining amaldagi ko‘rinishidir, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

1998 yildan muntazam o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlovning bu yilgi hududiy saralash bosqichida 515 nafar o‘quvchilar qatnashgan bo‘lsa, shularda Respublika bosqichida 132 nafari ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi. Kichik guruh (11-13 yosh) va katta guruh (14-15 yosh) ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlov yog‘och-damli, mis-damli va zarbli cholg‘ular yo‘nalishlarida olib borildi. Ishtirokchilarning ijodiy ijro mahoratini har bir yo‘nalish bo‘yicha nufuzli oliy darajadagi hakamlar hayʼati oqilona baholab borishdi.

Tanlovning tantanali yopilish va taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bo‘lib o‘tdi. Marosimda 69 nafar ishtirokchilar birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rin g‘oliblari bo‘lganliklari eʼlon qilindi.

Bayramona konsertning yorqin dasturida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari S.D.Mamayusupov va O‘zbekiston bastakorlari va kompozitorlari uyushmasi raisi R.Abdullayevlar g‘olib ishtirokchilarni diplom, estalik statuetkalari hamda “Sog‘lom avlod” xalqaro xayriya fondi tomonidan estalik sovg‘alar bilan taqdirladilar.

Damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining “Sanʼat g‘unchalari” XXV Respublika tanlovning yopilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturida Respublika va xalqaro tanlovlar laureatlari va Harbiy musiqa akademik litseyining damli va zarbli cholg‘ular orkestri tomonidan qo‘shiqlar va o‘zbek kuylariga “Poppuri” va boshqa musiqiy nomerlar ijro etildi. Konsert so‘ngida “Yamaha” kompaniyasi tomonidan yosh musiqa ijrochilariga qimmatbaho cholg‘u instrumentlari taqdim etildi.

Text to speech