SAVDO MARKAZDAGI O‘G‘IRLIKNING OLDI OLINDI
Joriy yilning 5 aprel kuni soat 00:40 da Xorazm viloyatida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Urganch shahar Markaziy dehqon bozori hududidagi "Urganch savdo uyi" binosining ikkinchi qavat kirish eshigini buzib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Dastlabki o‘rganishlar davomida ushbu shaxs Xiva shahrida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganch shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.