O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibi ham saylovda faol ishtirok etdi
Davlat rahbari - Prezidentni saylash bilan bog‘liq o‘ta masʼuliyatli jarayon mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea hisoblanadi. Shu maʼnoda, mamlakatimiz kelajagi, yurtimizning yana-da taraqqiy etishida davlat rahbari lavozimiga eng munosib nomzodni saylash hamda bu jarayonda saylovchilar qabul qiladigan qaror yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy boshqarmalari va harbiy qismlarida hamda Jamoat xavfsizligi universitetida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ham kursantlar, muddatli harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari o‘zlari uchun munosib bo‘lgan nomzodga ovoz berishdi.
Darhaqiqat, xalqimiz o‘z konstitutsiyaviy huquqi va fuqaroviy burchidan foydalanib, mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladigan eng munosib nomzodga ovoz berishdi.