Andijon viloyatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila a’zolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi
Bugungi kunda inson manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan ochiq muloqat qilish, ularning orzu-niyatlarini amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda joriy yilning 7-iyun kuni Andijon viloyati Milliy gvardiyasi tizimida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda boshqarma mutasaddi rahbarlari, Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, Andijon harbiy prokurori, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Bandlikka ko‘maklashish markazi mutassadi rahbarlari hamda boshqarmada xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning 200 dan ortiq oila a’zolari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Yig‘ilish ishtirokchilariga dastlab harbiy xizmatchi va xodimlarning ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida so‘z yuritilib, atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Shundan so‘ng, ochiq muloqot tarzida davom etgan ushbu uchrashuvda har bir ishtirokchining murojaati, takliflari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan atroflicha yechim izlanib, tegishli maslahatlar berildi. Shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarning oila a’zolariga mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish, zamonaviy kasb-hunar egallash hamda oliy o‘quv yurtlarida bilim olish bo‘yicha kerakli tavsiya va takliflar berilib, bir nechta murojaatlar joyida hal etildi. Qabulda ishtirok etgan barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mas’ullardan batafsil javob olishdi.
 
                     
                                                 
                                                     
                                                     
                                                     
                                                     
                                                     
                                                     
                                                     
                                                    