Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SAYYOR QABUL — MUAMMOLAR YECHIMI

Maʼlumki, jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo‘lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topishi mumkin. Shu jihatdan, oila qo‘rg‘onining mustahkamligi va unda maʼnaviy jihatlarning shakllanishi hamda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg‘ayadi. Kuni kecha Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, Guliston harbiy prokuroturasi, tibbiyot xodimlari hamda jamoat tashkilotlari vakillari hamkorligida Milliy Gvardiya harbiy xizmachi va xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dehqonovich Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, harbiy xizmatchi uchun xizmat davomida oilaviy totuvlik muhim masala ekanligi borasida so‘z yuritdi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari tomonidan, Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimiz aholisi o‘rtasida, qolaversa Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida koronavirusga qarshi 3 bosqichli emlash jarayonlari o‘tkazilganligi, shunday bo‘lsada xotirjamlikka berilib, yaqinlarimiz sog‘ligiga befarq bo‘lmasligimiz to‘g‘risida tushuntirilib, ayni vaqtda ushbu virusning yangi “Omikron” shtammi mamlakatizda ham qayd etilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi. Shu bois, O‘zbekiston hukumati ham yangi shtamm tarqalishini oldini olish bo‘yicha ehtiyot choralarini ko‘rayotganligi shu qatorda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida, koronavirus infeksiyasiga 3-bosqichli emlash jarayonlaridan keyingi buster doza bilan emlash tadbirlari rejalashtirilayotganligi haqida tushuncha berildi.

O‘tkazilgan uchrashuv davomida har bir fuqaro muammolari birma-bir tinglanib, kelib tushgan ko‘plab murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga qonuniy hal etish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech