SENATORLAR VA YoSHLAR UCHRASHUVI
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi boshchiligidagi senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi taʼlim muassasalariga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif “Temurbeklar” harbiy akademik litseyidan boshlanib, ular o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida senatorlar maktabga qabul qilingan Mehribonlik uylari bolalari va Baxt shahrida joylashgan respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasa tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashishdi.
Tashrifning keyingi manzili Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi bo‘ldi. O‘quv markazidagi innovatsion uslubda qurilgan harbiy xizmatchilarning mashg‘ulotlar o‘tkazish xonalariga ekskursiyalar tashkil etilib, har bir qavatdagi 3 D uslubida qurilgan,tarixdan so‘zlovchi installyatsiyalar va kutubxona bilan tanishtirildi.
Senatorlar yosh harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish uchun amalga oshirilayotgan mazkur ishlarni yuqori baholab, tizimli tarzda yoshlarning o‘z ustilarida ishlashlari hamda kompyuter texnologiyasini yaxshi o‘zlashtirishlari lozimligini taʼkidlashdi.