Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

«Shaxmat kunlari» musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda kuni kecha poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida «Shaxmat kunlari» musobaqasi o‘tkazildi.

Vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida shaxmatni keng targ‘ib qilish va ushbu sport turini aholi o‘rtasida ommaviylashtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada ishtirokchilar shaxmatning rapid yo‘nalishida o‘zaro raqobatlashdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslarda O‘zatom agentligi xodimi Alisher Sanetullayev 7 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Izzatulla Sultanov 6,5 ochko bilan egalik qilgan bo‘lsa, OKMK xodimi Andrey Tyumensev 6 ochko to‘plagan holda uchinchi pog‘onadan o‘rin egalladi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchisi Nozima Djalolova “Eng tajribali ishtirokchi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech