SHUBHALI SHAXSLAR ANIQLANDI
Joriy yilning 28 aprel kuni tungi soat 01:05larda, Xorazm viloyati Urganch shahrida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari xizmat yo‘nalishida bo‘lgan O‘zbekiston ko‘chasida ketayotib, “BK-1500” rusumli konditsionerni olib ketayotgan ikki nafar notanish shaxslar ularda shubha uyg‘otgan.
Xodimlar tomonidan ushbu shaxslar to‘xtatilib berilgan savollarga aniq javob bera olmagandan so‘ng o‘tkazilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida ulardan biri Xonqa tumanida yashovchi fuqaro A.R. ikkinchisi esa Urganch tumanida yashovchi fuqaro X.R.lar ekanligi maʼlum bo‘lib, mazkur konditsionerni Urganch shahar Tinchlik ko‘chasida joylashgan fuqaro S.O.ga tegishli telefon tuzatish ustaxonasidan o‘g‘irlab olib ketayotganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganch shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.