SIFATI KAFOLATLANMAGAN DORI VOSITALARINING SAVDOSI OLDI OLINDI
Samarqand viloyatining Bojxona boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasidagi avtoturargohda fuqaro A.B. 2 turdagi jami 100 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Tadbir davomida fuqaro A.B. avtomobilining yukxonasida bo‘lgan jami 78 quti dori vositalarini o‘z ixtiyori bilan xodimlarga topshirdi.
Natijada jami 18,2 million so‘mlik 178 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.