Sirdaryo viloyatida 250 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek,jismoniy qobiliyatlarini yana-da shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Mazkur tadbirga 250 nafardan ortiq Milliy gvardiyaga biriktirilgan maktab o‘quvchilari hamda Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari tahsil olayotgan maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Kun davomida yoshlarning Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism bo‘ylab sayohat tashkil etilib, qurol-yarog‘lar hamda harbiy texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.