Sirdaryo viloyatida oʻquvchi-yoshlar bilan "Harbiy vatanparvarlik va sport" tadbirlari o‘tkazildi.
Yosh avlodni vatan taqdiriga daxldorlik va umuminsoniy, qadriyatlar ruhida tarbiyalash, erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, mamlakat va o‘z oilasi farovonligini yanada rivojlantirish orzusida bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, yoshlarni jismoniy qobiliyatlarini yanada shakllantirish, Vatan himoyasi sharafli kasb ekanligini yoshlar qalbiga singdirish maqsadida Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda "Harbiy vatanparvarlik va sport" tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir doirasida, mini futbol, voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi, arimasin, turnikda tortilish va saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlari o‘tkazildi.