Sirdaryo viloyatida huquqni muhofaza qilish organlari va kuch tuzilmalarida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek mahalliy aholi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Milliy Gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Toshkent harbiy okrugi ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, harbiy xizmatchilar va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.D.Mamayusupov tomonidan Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari, shuningdek fuqarolarning turli yo‘nalishdagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar masʼullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy eʼtibor murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.
Tadbir so‘ngida Milliy Gvardiya, Sirdaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilot vakillari bilan birga “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchisi Isomova Luiza Barisovnaga yangi uy-joy kalitlari va qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.