Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Sirdaryo viloyatida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak masʼuliyat va javobgarlik kabi muhim xislatlarni shakllantirish maqsadida Sirdaryo viloyatida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, Yoshlar Ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi va Xalq taʼlimi viloyat boshqarmasi hamkorligida Milliy gvardiyaga biriktirilgan umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi.

O‘quvchilar jamoani tanishtirish shartiga ko‘ra bellashuv, bilimdonlar bellashuvi, saf tayyorgarligi, qo‘l jangi usullari, zaharlangan hududdan o‘tish, avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, 400 metrga estafeta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, turnikda tortilish kabi shartlarda o‘zaro bellashdilar. Mazkur shartlardan tashkil topgan musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilib, o‘zlarining shijoati va epchilligi bilan birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoa - Sayhunobod tumani 41-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi o‘quvchilaridan tashkil topgan “Qoplon” jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Musobaqada ishtirok etgan jamoalarning faol qatnashchilariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech