Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

SIRDARYO VILOYATIDA "YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" SHIORI OSTIDA YoSHLAR FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

Bugun hayojonli kun. Sababi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan Hikmatli mahallasida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o'tkazilayotgan festivalga tayyorgarlik qizg'in tus olmoqda. Yoshlar sportning stol tennis, kamondan o'q otish, shaxmat-shashka, badminton, o'zbek jang san'ati, taekwondo, kurash, tosh ko'tarish va bahodirlar o'yinlari, yurish, yugurish, voleybol, velosport va armrestling turlaridan sport musobaqalarida g'oliblik uchun jon-jahdlari bilan tayyorgarlik ko'rishmoqda. Respublika ishchi guruhi festival jarayonlarini sport musobaqalari va ko'rgazmali chiqishlarni kuzatishdan boshladi. Yuqori saviyada tashkil etilayotgan ushbu festivalda O'zbekiston, Osiyo, jaxon va Olimpiya ishtirokchilari tashrif buyurdi. Ko'rgazmali chiqishlar va musobaqalar orqali sport turlariga nafaqat mahalla yoshlari, balki sport ustalari ham qatnashish istagini bildirmoqda. Qizg'in tus olgan festival ommaviy yurish marafoniga ulanib ketdi. Yoshlarning bo'sh vaqtidan unumli foydalanish, sportga kengroq qamrab olish, eng muhimi aholi va yoshlar salomatlini mustahkamlash maqsad qilingan. "Sog'liq uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafonida 1000 dan ortiq nafaqat mahalla yoshlari, balki sog'lig'i borasida qayg'urayotgan tashkilot, korxona xodimlari ham faollikni qo'ldan bermay kelishmoqda. Yurish marafoni o'tkazilishi bilan parallel ravishda ot sport turi hisoblangan uloq-ko'pkari musobaqasi qizg'in tus oldi. Ushbu ko'pkarida tuman yoshlari, qo'shni tuman va shaharlardan chavandozlar ham ishtirok etishmoqda. Mahalladagi yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi Sirdaryo tumanida ish boshladi. "Ishchi guruh" a'zolari tomonidan mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatiga ko'maklashish, yoshlar bilan ishlashda mas'ul tashkilotlarning vazifalarini rejali amalga oshirish muhokama qilindi. Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish borasida mas'ul tashkilotlar rahbarlari bilan kelishib olindi. Ushbu ishlarni na'munali tashkil etish hamda o'tkazish uchun tumandagi "Xikmatli" mahallasi tanlab olindi. Sirdaryo tumanining “Xikmatli” mahallasida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda, Yoshlar yetakchilari, Toshkent harbiy okrugi MOQB, Sirdaryo viloyati IIB xodimlari, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan bo‘linmalar, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestrining mahalla ko‘chalari bo‘ylab tantanali yurishi namiyish etildi. Sirdaryo tumanining “Xikmatli” mahallasida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 30-sonli umumta’lim maktabi o‘yingohida Mudofaa vazirligi , IIV hamda Milliy Gvardiya tomonidan mahalla yoshlari uchun zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslaha va anjomlar ko‘rgazmasini tashkil etildi. Shuningdek, IIB PPX kinologiya bo‘limi xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi. “Xalq va armiya bir tanu, bir jondir". Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.Shuningdek bu kabi tadbir Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasasida tashkil etilib, uyushmagan yoshlar hamda tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat, shashka, kurash, futbol turlari bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan tashkil etilgan "Mehr" nomli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bu kabi tadbir Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida davom etdi. Xususan, Harbiy qismda ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Text to speech