SOG‘LOM OILA – SOG‘LOM JAMIYAT
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari bilan “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya bo‘linmalari hamda Sog‘liqni saqlash tibbiyot birlashmalari hamkorligida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ishlari keng qamrovda tashkillashtirilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan Milliy gvardiya bo‘linmasi va Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikasi hamkorligida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi. Yuqori malakali shifokorlar tomonidan ko‘rik o‘tkazilib tibbiy maslahatlar berildi. Ishtirok etgan harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolar shuningdek turli yoshdagi farzandlari sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Poliklinika shifokorlari tomonidan tashrif buyurgan har bir ona bilan farzandlarining sog‘ligi yuzasidan yakka tartibda o‘tkazilgan suhbat davomida tibbiy tushunchalar berildi. Doimiy ravishda murojaat qilishlari va muloqotda bo‘lishlari uchun yo‘llanmalar taqdim etildi. Tadbir yakunida Milliy gvardiya bo‘linmasi mutasaddi rahbarlari tomonidan Tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirilib, kelgusidagi hamkorlik masalalari kelishib olindi.