Sohibqiron Amir Temur — adolatli hukmdor va yuksak maʼnaviyat egasi
Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "Mahmud az-Zamaxshariy” nomidagi Xorazm viloyat axborot-resurs kutubxonasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari hamda Urganch shahridagi 24-sonli o‘rta maktabning harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari va boshqa yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda buyuk allomaning bebaho merosi, yengilmas sarkardaligi va jasorati haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, 4-sonli Xorazm akademik litseyi o‘quvchilari va Ogahiy nomidagi viloyat teatr aktyorlari tomonidan Buyuk sarkarda Amir Temur haqida aytilgan maʼlumotlar va sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilarining eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.