Farg‘ona viloyatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari uchun mehnat yarmarkasi hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi
Farg‘ona viloyatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarning ijtimoiy himoyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida ularning oila aʼzolari va farzandlarini sog‘ligini saqlashga alohida eʼtibor qaratilib, harbiy gospital mutaxassis shifokorlari ishtirokidagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi va doimiy tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Viloyat harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya masʼullari hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbir davom ettirilib, harbiy xizmatchi va xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan oila aʼzolari uchun mehnat yarmarkasi ham tashkillashtirildi.