Sog‘lom bola - sog‘lom oila demakdir.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama ijtimoiy himoya qilishga qaratilayotgan chora-tadbirlar tinch va osoyishta hayotimizni taʼminlashda yuksak samara bermoqda. Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Milliy gvardiya bo‘linmalarida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya harbiy qismlaridan birida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondi mutaxassis shifokorlari akusher-genekolog, terapevt va pediatr, stomatolog, nevrolog va psixiatr, teri-tanosil kasalliklari shifokorlari ishtirokidagi zarur bo‘lgan instrumental UTT, EKG va laborator tekshiruvlar asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijalari bilan aniqlangan birlamchi kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun shifokorlar tomonidan kerakli va zarur bo‘lgan tavsiyalar berildi. Shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondi mutaxassislari tomonidan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari orasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida, turli xil kasalliklarning oldini olish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borildi.