O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va ta'lim muassasalar shaxsiy tarkibi tomonidan yaratilgan innovasion hamda rasionalizatorlik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Innovasion rivojlanish vazirligi vakillari, "Vatanparvar" tashkiloti raisi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar tarkibidagi ta'lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, iqtidorli kursant va talabalari, ilmiy izlanuvchilari shuningdek, Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, harbiy qismlarining katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislari ishtirok etdi.
Birinchi o‘quv nuqta saf maydoni bo‘lib, vazirlik va idoralarda harbiy xizmatchi hamda xodimlar tomonidan ixtiro qilingan 70 dan ortiq konstruktorlik va ilmiy innovasion ishlanmalar hamda Jamoat xavfsizligi universiteti 100 dan ziyod darslik va qo‘llanmalar ko‘rsatildi;
Ikkinchi o‘quv nuqtada jangovar tayyorgarlik va maxsus vositalarni takomillashtirish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi;
Uchinchi o‘quv nuqta avtoparkda tashkil etilib, jangovar harbiy texnikani va ta yengil mashinani takomillashtirish, jangovar vazifalarni bajarishda yanada qulayliklar yaratish bo‘yicha loyihalar namoyish etildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning jamoat xavfsizligini ta'minlashda jangovar shaylikni oshirish maqsadida o‘quv trenajyorlar va dasturiy ta'minot taqdimoti o‘tkazildi.
Anjuman so‘ngida eng yaxshi ishlanmalarning mualliflari va ko‘rgazma qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida Innovasion va rasionalizatorlik ishlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan taqdirlandi.
Bu kabi hamkorlikdagi tadbirlarning o‘tkazilishi harbiy xizmatchilarning nazariy, taktik va amaliy bilim , ko‘nikmalarini oshirishga, ishtirokchilarning o‘zaro fikr hamda tajriba almashishlariga yana bir zamin yaratmoqda.