Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondoni raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda birinchi masala bo‘yicha Milliy gvardiya bo‘linmalarida jangovar va maxsus tayyorgarlik yo‘nalishida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning sifati muhokama qilinib, shaxsiy tarkibning jangovar qobiliyatini yana-da oshirish, o‘rganib kelinayotgan xorijiy tajribalarni bo‘linmalarda keng tatbiq etib borish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Ikkinchi masala fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga doir bo‘lib, unda Milliy gvardiya organlariga kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqilishini taʼminlash, bu borada joylardagi rahbarlarning masʼuliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kun tartibiga qo‘yilgan keyingi masalada, yetim va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarning taʼlim olish jarayonini nazorat qilish, oilalarga berilgan bolalarning moslashuviga ko‘maklashish, ularni mustaqil xayotga tayyorlash, mehribonlik muassasalaridan chiqarilganlarni uy-joy bilan taʼminlash hamda har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, Jamoat xavfsizligi universitetida bolalarni farzandlikka, vasiylik va patronatga olayotgan tutingan ota-onalarni o‘qitish va tayyorlash uchun tashkil etilgan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan joylarga chiqib, bolalarning yangi oilaga moslashuvini o‘rganib borish hamda ularga psixologik yordam ko‘rsatish ishlarini yana-da takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Yig‘ilish so‘ngida masʼul rahbarlarga yil yakuniga qadar kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech