O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-polkovnik B. Tashmatov hamda Belarus Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-mayor N. Karpenkov boshchiligidagi delegatsiyaning uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda ikki davlatning maxsus bo‘linmalari, muxandislari va ofitserlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda harbiy ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.