“Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari ayolga tahdid qilgan erkakni qo‘lga oldi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida mazkur tuman “Qo‘riqlash” bo‘limining tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari xizmat vazifasini bajarayotib, “Salar” kanali yonida bir erkak va bir ayolga duch kelishgan. Ushbu ikki nafar fuqaroning baland ovozdagi muloqoti va imo-ishoralariga ko‘ra o‘rtada mojaro kelib chiqqanligi ayon bo‘lgan. Shundan so‘ng, fuqarolarga yaqinlashgan xodimlar erkak ayolga qo‘lidagi tig‘li buyum bilan tahdid qilayotganligiga guvoh bo‘lishgan. Fuqaro zudlik bilan qo‘lga olinib, ayol bilan birga vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.