Milliy gvardiya xodimlari yo‘qolgan sumkani topib, egasiga qaytardi
9 iyun kuni soat 12.00 da Shayxontohur tumanidagi "Eski Juva" bozorida jamoat tartibi va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlayotgan Milliy gvardiya xodimlariga bozorga kelgan ayol - K. Sh. murojaat qilib, umumiy qiymati 5 million so‘m bo‘lgan buyumlar solingan sumkasini bozorda yo‘qotganligini aytib, topishda yordam berishlarini so‘ragan.
Ushbu ayolning arizasi asosida tashqi kuzatuv kameralarining yozuvlari ko‘rib chiqildi hamda sumka va buyumlari to‘liq saqlangan holatda qaytarildi.