Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Chirchiq shahrida “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan 13 tonnadan ortiq rangli metallar talon-taroj qilinishi oldi olindi

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan harakatlanayotgan vaqtida shubha uyg‘otgan MAN rusumli yuk avtomobili kuzatilganda, Chirchiq shahridagi “O‘zmetkombinat” AJ korxonasi hududidagi qora metall qabul qilish shahobchasiga kirib tarozidan o‘tayotganda to‘xtatilib, tekshiriladi. Xolislar ishtirokida yuk avtomobilining tirkama qismi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, davlat mulki bo‘lgan taxminiy og‘irligi 13 tonnadan ortiq ximiyaviy aralashmalar uchun mo‘ljallangan rangli metallar borligi aniqlanadi.
Dastlabki surishtiruvlar jarayonida yuk avtomobili haydovchisi 1967 y.t., Chirchiq shahrida yashovchi F.E ekanligi, mazkur yukning hech qanday hujjatlari yo‘qligi maʼlum bo‘ladi.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borish uchun Chirchiq shahar IIOFMB ga hujjatlar taqdim qilingan.

Text to speech